info@sambhram.uz +998 (72) 221-58-68 Jizzax, O'zbekiston
info@sambhram.uz   |   +998 (72) 221-58-68   |   Jizzax, O'zbekiston     

Jizzax Sambhram universitetida “Ochiq eshiklar kuni” yuqori kayfiyatda o‘tkazildi...

21-May, 2026-yil
Samandarbek Nazarov

Jizzax Sambhram universitetida “Ochiq eshiklar kuni” yuqori kayfiyatda o‘tkazildi...

📌 Jizzax Sambhram universitetida 2026–2027 o‘quv yili qabuli doirasida “Ochiq eshiklar kuni” shou-konsert dasturi tashkil etildi. Tadbirda viloyatimizdagi umumta’lim maktablari bitiruvchilari, ota-onalar hamda mehmonlar faol ishtirok etdi.

🏫 Tadbir davomida bitiruvchilar universitetning zamonaviy o‘quv binolari, auditoriyalari, infratuzilmasi, ta’lim yo‘nalishlari va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🎤 Bayram dasturiga Respublikamizning taniqli san’atkori tashrif buyurib, o‘zining dilbar qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

✨ Tadbir yoshlarni oliy ta’limga keng jalb etish, ularni kelajak kasbini tanlashda qo‘llab-quvvatlash hamda universitet imkoniyatlari bilan tanishtirishga xizmat qildi.

Galereya